Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sayozlik}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-yoz-lik
Izoh(lar)i:
sayozlik ot

1. 1. Soy, ko‘l, ariq, daryo kabi suv havzalarining suvi kamayib, tagi yuzaroq bo‘lib qolishi. Ko‘lning sayozligi.

2. 2. Tagi uncha chuqur bo‘lmagan, sayoz joy. Sayozlikning narigi tomonidagi daryo tarmog‘iga tushib ko‘rgan edi, chuqur ekan, bo‘y bermadi. J. Sharipov, Xorazm

3. ko‘chma hma Yuzakilik, biror sohada bilim va mahoratning yetarli bo‘lmasligi. Uning original ijodiga tasvirda sayozlik va soxtakorlik qanday yot bo‘lsa, tarjimalari ham xuddi shunday tabiiy jaranglaydi. G‘. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
O‘qiyman, deb ikki yil institutga bordi, kirolmadi. Bilimi sayozlik qildimi yo omadi chopmadimi S. Siyoyev, Otliq ayol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.