1. sft. ft. Uncha chuqur bo‘lmagan, chuqur emas (daryo, ko‘l, ariq va shu kabilar haqida).
Hali yomg‘irlar boshlanmagani uchun, anhor suvi tiniq, lekin toshlari ko‘rinib turgan sayoz chekkalari shishaday rangsiz-u, chuqur joylari ko‘kimtir-yashil.
P. Qodirov, Uch ildiz
Biz, bir eshelon soldat, bepoyon dashtga tushib, sayozgina daryo bo‘yida chodir tutib yotardik.
O. Yoqubov, Izlayman
2. rvsh. sh. Yuzalab, chuqurlashmasdan.
Boshliq, bir kolxoz traktorchisi o‘n uch gektar yerni sayoz haydagani uchun sud uni qayta tekinga haydab berishga hukm chiqarganligini aytib berdi.
J. Abdullaxonov, To‘fon
Sayoz oqqan daryo shag‘illaydi, deganlaricha bor ekan.
S. Karomatov, Hijron
3. ko‘chma hma Mazmunan siyqa, yuzaki, g‘o‘r.
Xom-xatala asarlarga, g‘oyaviy-badiiy sayoz buyurtmalarga chek qo‘yish vaqti allaqachon keldi.
Gazetadan
[Salimxonning] Ilmi juda sayoz, faqat qaqillab gapirishi bor
Mirmuhsin, Umid