1. 1. Yashirin yoki oshkora usulda ovoz berish yo‘li bilan davlat yoki o‘zini o‘zi boshqarish organlari a’zoligiga o‘tkazmoq, tayinlamoq.
Raislikka saylamoq. Deputatlikka saylamoq.
▬
Uni bir ovozdan direktorlikka sayladilar.
Gazetadan
Qandolatni ham prezidiumga sayladilar.
Oydin, Hikoyalar
2. 2. Tanlamoq, tanlab, saralab olmoq.
Xohlab mening tulporlarimdan birovini saylab ol, jo‘namoq bo‘lsang, yaxshi bor.
Murodxon
Qutlug‘ bo‘lsin saylab olgan yoringiz.
Bahrom va Gulandom