1. 1.-gan affiksli sifatdoshlar bilan kelib, ish-harakatning tobora kuchaya borishini bildiradi.
Sherzod boshqa xonadagi bemorlarning unga hasad bilan qarayotganini sezar, sezgan sayin g‘ashi kelar edi.
O‘. Hoshimov, Nur borki, soya bor
Qizining qiynalayotganini ko‘rgan sayin Basraning kasali zo‘riqardi.
R. Rahmon, Mehr ko‘zda
2. 2. Vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan kelib, ish-harakatning tadrijiy rivojlanishini yoki takrorlanishini bildiradi.
Yil sayin. Soat sayin. Kun sayin.yash
▬
Kun sayin ozadi yuragim, Kun sayin vujudim semirar.
Sh. Rahmon, Yurak qirralari