1. etn. tn. Bahorda o‘tkaziladigan katta xalq sayr-tomoshalari, sayr-tomosha.
Ayni bahor kulgan chog‘ edi, Sayil joyi so‘lim bog‘ edi.
E. Vohidov
2. 2. Umuman, katta va tantanali sayr-tomoshalar.
Xalq sayili. Navro‘z sayili. Lola sayili.
▬
Xalq shoirlari dostonlarni turli yig‘inlar, to‘y va sayillarda ijro etganlar.
Gazetadan
3. 3. Sayr-tomosha maqsadida aylanib (kezib) yurish; sayohat.
Sayil ham sayil, sargardon ham sayil.
Maqol
[Ziyodilla:] Sarsongarchiligi bormi, shu bahona Tarlon ikkovimiz shaharni sayil qilib kelyapmiz.
T. Murod, Ot kishnagan oqshom