Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {saxovat}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-xo-vat
Izoh(lar)i:
saxovat ot

1. 1. Baland himmatlilik, saxiylik. Kimxobni kiyib olgach, domla Niyoz saxovatda Hotamtoydan, adolatda No‘shiravoni odil dan ortiqroq u janobning haqiga yana yangi duo va sanolar to‘qidi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. ko‘chma hma Tabiiy boylik; mo‘l hosil; to‘kinlik, mo‘llik. Dehqon yerni ardoqlasa, yer ham undan saxovatini ayamasligini tajribada ko‘rib turibmiz. Gazetadan
Osmonda oftob saxovat bilan nur sochardi. Sharq yulduzi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: saxiylik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qizg‘anchiq – xasis – saxovatli – saxiy – hotamtoy
Ma’nosiga ko‘ra
(xususiyatning ijobiy-salbiyligiga ko‘ra)

2. Saxiy – himmatli -saxovatli – hotam – tanti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.