Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {savodli}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-vod-li
Izoh(lar)i:
savodli sf

1. 1. O‘qish-yozishni biladigan, savodi bor. Hamza bolalarninggina emas, kattalarning ham savodli bo‘lishini istardi. N. Safarov, Olovli izlar
Men sizni o‘qitib, savodingizni chiqarib qo‘yaman. Siz yurtingizga savodli bo‘lib bora siz. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Bilimli, ma’lumotli; ko‘p o‘qigan, mustaqil fikrlovchi. Onam diniy-dunyoviy kitoblarni o‘qigan, savodli, nihoyatda sabrli, mehr-u oqibatli ayol bo‘lgan. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
Savodli o‘z haqini tanigan bo‘ladi, binobarin, uni aldash oson bo‘lmaydi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: o‘qimagan , savodsiz
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.