Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {savod}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-vod
Izoh(lar)i:
savod ot

1. 1. O‘qish-yozishdan xabardorlik; xat-savod. Anvar taxtadan o‘qish boshladi, zehnining tiniqligidan bo‘lsa kerak, o‘n bir yoshida savodi chiqayozdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Mana, 3-sinf savodimiz bor, o‘qish-yozishni bilamiz. Yoshlik

2. 2. Biror soha bo‘yicha eng zaruriy bilim, ma’lumot. Huquqiy savodning mukammalligi davr talabidir. Gazetadan

3. 3. Umuman, bilim, tushuncha, tajriba. — Savodingizni ancha chiqarib qo‘yishibdimi? — Kim? — Bilmasam. Domlangiz. Domlalaringiz. — Mening domlam yo‘q, domlam — ikki ko‘zim. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. savodi chiqdi: 1)o‘qish-yozishni bildi 2)nimaningdir sirlarini bilib, o‘rganib oldi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.