Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {savdogar}
So‘z bo‘g‘inlari: sav-do-gar
Izoh(lar)i:
savdogar ot

1. Xususiy savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi, savdo-sotiqni kasb qilib olgan kishi. Yirik savdogar. Mayda savdogar. Qo‘qon savdogarlari faqat Turkistondagina emas, balki Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida ham savdo-sotiq bilan shug‘ullanar edilar. K. Yashin, Hamza
Har kun mol narxi oshadi, bozorda savdogarlarning qulog‘i tikkaygan. Oybek, Tanlangan asarlar
Mayda savdogarlar saqich, gilvata sotishardi. I. Rahim, Ixlos

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.