1. Paxta, jun kabi narsalarni savash uchun ishlatiladigan bir juft uzun, ingichka tayoq yoki chiviqlar dastasi.
Savag‘ich bilan paxta savamoq.
▬
Osmon to‘la pag‘a-pag‘a bulutlar, xuddi savag‘ichdan qochgan paxtadek titilib, ko‘kni qoplab olishgan.
X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar
2. ot ot Qamishsimon bo‘g‘imli, ichi po‘kaksimon moddadan iborat suv o‘simligi.
Nizomjon savag‘ichning bunaqa o‘sishini bilmasdi.
S. Ahmad, Ufq
3. ot ot Savag‘ich o‘simligining poyasi.
Hujradan ikkita savag‘ich topdim-da, rostakam katta varrak yasashga tushdim.
H. Nazir, Yonar daryo
4. sft. ft. Savag‘ichdan yasalgan, savag‘ichdan tayyorlangan.
Bu ikkisi qog‘ozga shodlangandek, gap-so‘zsiz, savag‘ich qalamni qir-qir qog‘oz ustida yuritib turar edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Salimxon tokchadan dovot bilan savag‘ich ruchkani olib, xontaxtaga qo‘ydi.
H. G‘ulom, Mash’al