Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sarxush}
So‘z bo‘g‘inlari: sar-xush
Izoh(lar)i:
sarxush sf

1. 1. Kayfi bor, shirakayf; kayfli. — Oyoqlarim ham qaltiray boshladi, ko‘chada sarxush odamlarday borardim, — dedi Kamoliddin. T. Jalolov, Oltin qafas
Bir kech ziyofatdan sarxushroq bo‘lib qaytdim. Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
Otabek sarxush tovush bilan jiddiygina qilib [mashshoqqa] javob berdi: — Bilsangiz, haydalish kuyini chalingiz, ajralish kuyini chalingiz! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. ko‘chma hma Biror narsadan kuchli ta’sirlanib zavqlangan, kayf qilgan; o‘ta baxti-yor; masrur. Men sizni sevaman yalpizlar atri, Qushchalarning sarxush sayrog‘i bilan. X. Davron, Tungi bog‘lar
Bo‘sa meni ayladi sarxush, O‘ynab turib sochingning uchin, Yengil tortdim go‘yoki bir qush. Uyg‘un

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.