Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sarpo}
So‘z bo‘g‘inlari: sar-po
Izoh(lar)i:
sarpo ot

1. etn. tn. Ma’lum bir shaxsga yoki ko‘pchilikka atab ko‘pincha to‘y marosimlarida yoki turli tantanalarda sovg‘a uchun tayyorlanadigan yangi bosh-oyoq libos. Martabali mehmonga sarpo kiydirmoq. Kelinga sarpo yubormoq. Beshik sarposi. Qizning qo‘sha-qo‘sha kiyimlari bo‘la turib, onasi Qizimga o‘n sidra bosh-oyoq sarpo qilasizlar, deb turib oldi. Gazetadan
Nizomjon gapira olmay, dir-dir titrab turgan edi, xuddi shu payt kuyovlik sarpolarini kiyib olgan A’zamjon kirib keldi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Umuman, kiyim-bosh. Sarpo tikmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.