Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sarmoya}
So‘z bo‘g‘inlari: sar-mo-ya
Izoh(lar)i:
sarmoya ot

1. 1. Asosiy savdo mablag‘i. O‘ylab qorang-a, davlatimiz har yili mamlakatni ko‘kalamzorlashtirish uchun million so‘mlab sarmoya ajratadi. N. Safarov, Katta karvon yo‘lda

2. 2. Umuman, mablag‘, pul. Naymanchada ibtidoiy ta’lim maktabi ochish uchun fuqaro o‘z tashabbusi bilan sarmoya jamg‘armoqda. A. Muxtor, Opa-singillar
Ko‘p qatori Abdurahmon ham xatga tushgan edi. No‘xat sho‘rva sotib kun ko‘rayotgan otasining sarmoyasi o‘g‘lini olib qololmadi. S. Karomatov, Bir tomchi qon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.