1. 1. Kitob, asar, maqola va shu kabilarning yoki ularning ayrim qismlarining nomini ifodalovchi so‘z yoki jumla.
Sarlavha qo‘ymoq.
▬
Ahmedov sahifadagi materiallarni ko‘zdan kechirgach, umumiy sarlavhani tovush chiqarib o‘qidi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Ahmad ocherkning sarlavhasiga va avtoriga qaradi.
F. Musajonov, Himmat
2. esk. ayn. yn. Peshlavha.
Qishloqqa kirar yo‘l-da Mana katta darvoza. Darvozaga yozilgan Kolxoz degan sarlavha.
Z. Diyor