1. tar. ar. Ma’lum ish yoki sohani boshqargan lavozimli kishi; yo‘l-boshchi.
Soliq yig‘ish ishlarini boshqarish bek tomonidan tayinlanadigan sarkor qo‘lida bo‘lgan.
F. Ozodayev, Toshkent tarixidan ocherklar
Bir ko‘rayin Go‘ro‘g‘li sarkorini, Ko‘rayin yonida qirq navkarini.
Ravshan
2. 2. Xiva xonligida: mudofaa istehkomlari va qal’alarida o‘tsochar qurol-to‘pni olib chiqish ishlariga boshchilik qilgan odam.
3. 3. Umuman, rahbar, ishboshi, boshliq.
Uxlayolmas tunda biroq Bosh injener Tesha sarkor.
Mirtemir
Sarkor olim o‘z atrofiga qobiliyatli yoshlarni jalb qilib, mashhur ilmiy maktab yaratdi.
Gazetadan