Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sariq}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-riq
Izoh(lar)i:
sariq sf

1. 1. Somon, zarchuva, tilla kabi narsalar tusidagi rang. Sariq ipak. Och sariq rang. To‘q sariq. Daraxtlardagi sariq barglar to‘kilib tugalgan, yer yuzi o‘zining qishki sariq kiyimini kiygan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Malla rang, malla (soch, tuk, teri haqida) Sariq soch. Rustam uning uzun mo‘ylovi, ko‘kish ko‘zlarini qoplab olguday quyuq, sariq qoshlarini ko‘rdi-yu, yuragi shuvullab, o‘zini orqaga tashladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. ot ot Tuxumning oqsil moddasi o‘rtasidagi qismi. Tuxumning oqini oqlab ye, sarig‘ini — saqlab. Maqol
Tuxum pachaqlangan edi. Uning sarig‘i oqqa aralashib, chakkamdan sizib, yuzimga oqmoqda edi. G‘. G‘ulom, Shum bola

4. ot s.t. .t. Jigardagi jiddiy salbiy o‘zgarishlar tufayli teri, ko‘z oqining sarg‘ayishidan iborat og‘ir va yuqumli kasallik nomi; gepatit. Sariq kasalligi.

5. O‘rta Osiyodagi turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila nomi. Sariqlarning Shimoliy Xitoyda qolgan guruhlari shu yerda yashovchi uyg‘urlar bilan qo‘shilib, ular ichida sariq uyg‘ur etnik guruhini tashkil etgan. O‘zME

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. sariq I Sifat
oltin rangli

2. sariq II Ot
Sariq rangli jism

Paronimi: mavjud emas.

Sariq uyg‘ur tili sharqiy turkiy tillardan biri. Asosan, Xitoyning Gansu viloyatidagi Minxua mintaqasida tarqalgan. So‘zlashuvchilarning soni taxminan 4-5 ming kishiga yaqin. Aniq dialektal bo‘linishga ega emas; tog‘lik va dashtlik aholi shevalarida fonetika va leksika sohalarida tafovutlar kuzatiladi.

Sariq uyg‘ur tili leksikasi turkiy va noturkiy (sanskrit, tibet, mo‘g‘ul, xitoy) tillarga xos unsurlar qorishmasidan iborat, lekin grammatik qurilishi asl turkiyligicha saqlanib qolgan. Sariq uyg‘ur tilining o‘tmishda qadimgi uyg‘ur tiliga yaqin bo‘lganligi haqida taxminlar bor. Sariq uyg‘urlar XVIII asr oxirlarigacha qadimgi uyg‘ur adabiy tilidan foydalanib kelgan va keyinchalik tibet tilining ta’sirida qadimgi uyg‘ur yozuvi unutilgan bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda sariq uyg‘ur tili oddiy so‘zlashuv tili bo‘lib qolmoqda.

1. sariq chaqalik: hech

1. Sarg‘ish – sariq – sap – sariq
Ma’nosiga ko‘ra
(rang miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.