1. tar. ar. Eron va Afg‘onistonda: yirik amaldor, qabila boshlig‘i; O‘rta Osiyoda: qo‘shin qo‘mondoni; Usmonlilar saltanatida: dala armiyasi qo‘mondoni.
Temur Malik jang liboslarini kiyib, sardor Shohmurod Ko‘histoniy bilan birgalikda otga minib, qo‘shin to‘planayotgan tomonga jo‘nadi.
Saodat
2. 2. Umuman, qo‘mondon, boshliq.
Senga bermas Go‘ro‘g‘li hech omona, Xon Go‘ro‘g‘li Chambil elning sardori.
Malikayi ayyor
Kemada ayg‘oqchilar sardoridan boshqa ikki kishi ham bor edi.
Mirmuhsin, Temur Malik
3. ko‘chma hma Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi; ilg‘or, zarbdor.
Namanganning anori, kimni qilmas xumori, Namanganliklar nori, yigitlarning sardori.
T. To‘la