1. 1. Ehtiyot qilmoq; ehtiyotkorlik bilan (biror joyda) asramoq, asrab-avaylab ishlatmoq.
Sandiqda pul saqlamoq. Omborda qish uchun g‘alla saqlamoq.
▬
Mahsini uch kun hayitda kiyib, saqlab qo‘ygandim, ana uni pullab, tagcharm olamiz.
Oybek, Tanlangan asarlar
Mana, o‘shal nafis gulingni Kitobimda saqladim bir yil.
T. To‘la
butun orttirganini tishining kovagida saqlab to‘playdi-da, bir jiyron qashqa ot oladi va dovondan so‘nggi marta ot minib o‘tadi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. Tashqi ta’sirdan muhofaza qilmoq; aynish, buzilish-yorilish, nest-nobud bo‘lishdan, barbod bo‘lishdan asramoq, ehtiyot qilmoq.
Oilani saqlab qolish uchun, farzandlarim uchun harakat qildim, lekin iloji bo‘lmadi.
Gazetadan
Archa tog‘ yonbag‘irlaridagi tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlaydi.
Gazetadan
3. 3. Ehtiyot qilib, asli holati, xususiyati yoki ko‘rinishini o‘zgarishsiz olib qolmoq.
Kampir xolamiz bu sandiqlarda eng oldin behi saqlagan bo‘lsa ajab emas.
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Layloning onasi. elliklardan oshgan, lekin hali ham o‘zini yaxshi saqlagan, zuvalasi pishiq ayol ekan.
M. Qoriyev, Oydin kechalar
Fikrimizcha, har qanday sharoitda juftlik xususiyatini saqlagan juft so‘zlar lug‘atlarda berilishi lozim.
O‘TA
4. 4. Biror kimsaga atab yoki biror maqsad uchun (buyum yoki yemishlarni) asrab qo‘ymoq.
Bularni kimga saqlab qo‘yibsiz?
▬
Suluvning miyasiga bir fikr kelib, mixday sanchildi: otasi eng so‘nggi kuchini faqat qasos uchun saqlab olib kelgan.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Men unaqa kek saqlaydiganlardan emasman.
S. Ahmad, Hukm
5. 5. Himoya, muhofaza, g‘amxo‘rlik qilmoq, qo‘riqlamoq.
Davlat chegaralarini saqlamoq. Xalqlarning tinchligini saqlamoq.
▬
Bugungi kunda insoniyat oldida nihoyatda muhim muammo turibdi, u ham bo‘lsa, yer yuzida tinchlikni saqlab qolish.
Gazetadan
Tabiatni muhofaza etish, hayvonot dunyosini saqlash hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega.
Gazetadan
6. 6. Xalos qilmoq, qutqarmoq; omon qoldirmoq.
O‘limdan saqlamoq. Halokatdan saqlamoq.
▬
Mening burchim — o‘layotgan odamning oldida bo‘lish, — dedi u, — ehtimol, uning jonini saqlab qolarman.
K. Yashin, Hamza
Shunda Qilichqora aytibdi: — Ajdardan elni saqlaydigan mard topiladimi?
Ertaklar
7. 7. Biror xatti-harakatdan qaytarmoq, to‘xtatib qolmoq, tiymoq.
Yomon so‘zdan saqla doim tilingni.
Nurali
8. 8. Rioya qilmoq, muayyan holatga amal qilmoq; sukut saqlamoq.
Tartib-odob, intizom saqlamoq.
▬
Juvon o‘zini tartibga solib bo‘lguncha, joyidan qimir etmay, odob saqlab turardi.
J. Abdullaxonov, Xonadon
9. 9. Belgi, iz, nishona olib qolmoq.
Saqlab qopti odam izlarin Bu tog‘larning musaffo qori.
Sh. Rahmon
Bu osori atiqalar o‘zida o‘tmish nafasini saqlab qolgan.
Gazetadan
Har bir o‘tkinchining qiyofasini yodda saqlab qolish uchun butun fikr-u o‘ylari, idroklarini bir nuqtaga to‘plab turibdilar.
S. Ahmad, Yulduz
10. 10. Doimiy ravishda qadrlamoq, ehtirom bilan eslamoq.
U [Alimardon] chinakam san’atni qalbining to‘rida saqlashga qodir bo‘lgan chinakam shinavandalar ozmuncha emasligini bilmas, bilishni xohlamas edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
11. 11. Asramoq, boqmoq, tutmoq.
Xizmatchi saqlamoq. Qush saqlamoq.