Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sapchi} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sap-chi-moq
Izoh(lar)i:
sapchi fl

1. 1. Keskin harakat qilib, biror kimsa yoki narsaga tashlanmoq, o‘zini (yuqoriga) otmoq. Rustam., qisilgan prujinadek osmonga sapchidi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
[Xushro‘y] Ikkinchi va uchinchi kunlarda to‘ppa-to‘g‘ri kundosh ustiga sapchiydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Xazon uyumlarini oqizib kelayotgan tiniq sunbula suvi qirg‘oqqa sapchir edi. M. Muhamedov, Qahramon izidan

2. 2. Umuman, keskin harakat qilmoq; sakramoq, irg‘imoq, to‘satdan o‘rnidan turmoq; irg‘ib turib ketmoq. Juvon bexos tok urgandek bir sapchib tushdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Rais, bexos sapchigan ot ustidan uchib tushay dedi-yu, o‘zini o‘nglab olib, jilovni qattiq tortdi. T. Malik, Ajab dunyo
Birdan ayol kishining o‘krab yig‘lagan ovozini eshitib, sapchib o‘rnidan turdi-da, Qashqarcha tomon yugurdi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.