Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sanksiya}
So‘z bo‘g‘inlari: sank-si-ya
Izoh(lar)i:
sanksiya [sank-si-ya ]

1. Hujjat, qaror va shu kabilarning oliy organ tomonidan tasdiqlanishi, shunday tasdiq natijasida hujjat, qarorning qonuniy kuchga ega bo‘lishi.

2. Huquqiy me’yorning, qonun moddasining ushbu qonun buzilishidan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar ko‘rsatib o‘tilgan qismi.

3. Xalqaro huquqda: xalqaro majburiyatlarga yoki xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilmagan, ularni buzgan davlatlarga nisbatan qo‘llanadigan (iqtisodiy, moliyaviy yoki harbiy) ta’sir chorasi. Biroq Tehron rasmiylarining bayonotlariga ko‘ra, hech narsa, hatto xalqaro sanksiyalar ham Eronni o‘z yadro dasturidan voz kechishga majbur eta olmaydi. Gazetadan

4. Jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsga nisbatan majburiy chora (qamoq, tintuv va shu kabilar) ko‘rish uchun prokuror tomonidan beriladigan ruxsat.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.