1. 1. San’at sohibi, san’atning biror sohasini egallagan ijodkor; san’atchi.
San’atkorlar oilasi.
▬
Hozir ajoyib san’atkor, xalqning mehrini qozongan xushovoz xonanda Tavakkal Qodirov ijodining avj pardasiga yetgan payt.
S. Ahmad, Yulduz
Festivalda o‘z filmlarini namoyish qilayotgan san’atkorlar har qancha faxrlansalar, o‘zlarini baxtiyor his qilsalar arziydi.
Gazetadan
2. 2. Yuksak mahoratga eta bo‘lgan; yaratuvchi.
Ha, Oybek ulkan so‘z san’atkorigina emas, faol ustoz, mehribon murabbiy ham edi.
Gazetadan
San’atkor tabiatning mo‘jizalari bilan ko‘rishmay, tanishmay o‘tib ketayotgan odamlar ham ko‘p.
A. Muxtor, Chinor