Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {san’at}
So‘z bo‘g‘inlari: san’-at
Izoh(lar)i:
san’at ot

1. Ijtimoiy madaniyatning estetik zavq beruvchi, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik kabi voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiruvchi har bir ayrim sohasi. Tasviriy san’at. Me’morlik san’ati. San’at va adabiyot. ▬ Dunyodagi har qaysi soha o‘z san’atiga va o‘z madaniyatiga ega. Yoshlik
Kinematografchilar o‘z ijodiy rejalari, kino san’atini rivojlantirish to‘g‘risidagi o‘ylari bilan o‘rtoqlashdilar. Gazetadan
Zargarlik san’ati eng.ko‘hna san’atlardan biri bo‘lib, u dekorativ-amaliy san’at xili sifatida keng tarqalgan. Gazetadan

2. Turli amaliy-tatbiqiy sohalarning o‘ziga xos ish uslubi, sistemasi. Harbiy san’at. ▬ Uch-to‘rt kilometrga cho‘zilgan tepalik harbiy-injenerlik san’ati bilan uzoq yillar davomida qurilgan mustahkam qal’aga o‘xshardi. I. Rahim, Chin muhabbat

3. ko‘chma hma Muayyan faoliyat sohasidagi yuksak mahorat, ustalik; iste’dod. So‘z san’ati. Notiqlik san’ati. ▬ Yosh xonandalar, raqqosalar o‘z san’atlarini namoyish etdilar. Gazetadan
Fursatdan foydalanmoq o‘zi bir san’at, hunar. Q. Muhammadiy
Kuldirishga san’at kerak, kulishga sof yurak. Gazetadan

4. Adabiyotshunoslikda: badiiy asar poetikasini ta’minlovchi vosita. Talmeh san’ati. ▬ Ruju’ — ma’naviy san’atlardan biri bo‘lib, arabcha qaytish demakdir. O‘TA

5. San’at (xotin-qizlar va erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: sanoat – [a] Zavod, fabrika, korxonalar majmui.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.