1. Adadsiz – son-sanoqsiz – hisobsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)
2. Alalxusus – xususan – ayniqsa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisinig kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)
3. Aljimoq – aljiramoq – valdiramoq – sannamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)
4. Balli – barakalla – ofarin – yashavor – tasanno – sallamno
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)
5. Daydimoq – sanqimoq – sandiroqlamoq – tentiramoq – laqillamoq – salanglamoq – sakillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)
6. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)
7. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)
8. Millimetr – santimetr – detsimetr – metr – kilometr
Ma’nosiga ko‘ra
(uzunlik miqdorining oshib borishiga ko‘ra)
9. Xursandlik – sevinch – quvonch – shodlik – surur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)