Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {salom-alik}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-lom--a-lik
Izoh(lar)i:
salom-alik ot

1. Bir-biriga salom berib ko‘rishish, salomlashish. Salom-alik qilmoq. Ularning bir-birlari bilan salom-aliklari bor, kurortda tanishib qolishgan. Odatdagi salom-alikdan so‘ng oraga noqulay jimlik cho‘kdi. S. Siyoyev, Erkaklar ertagi.
U otdan tushib, Me’mor bilan salom-alikdan so‘ng, bu kecha qanday uxlaganini so‘radi. Mirmuhsin, Me’mor.
Salom-alikdan so‘ng gaplari aylanib kelib Hamzaning maktabida to‘xtadi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.