Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {salobatli}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-lo-bat-li
Izoh(lar)i:
salobatli [sa-lo-bat-li ]

1. Ulug‘vor ko‘rinishga eta bo‘lgan, viqorli; savlatli, mahobatli. Salobatli kishi. Salobatli bino.◆Haqiqatan ham G‘oyibning salobatli qiyofasi oldida Temirjon yosh boladay ko‘rinardi. J. Abdullaxonov, Oriyat

2. Og‘ir, vazmin; o‘z vazminligi va sokinligi bilan ta’sir etuvchi; ta’sirchan. Salobatli tun.◆Shundan keyin uyda salobatli tinchlik cho‘kdi. A. Muxtor, Opa-singillar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.