1. Nisbatan og‘ir; vazmin, salmoqli, zalvorli. Salmoqdor bolg‘a.
Tog‘ kabi salmoqdor uy, Ichi to‘la liq kitob
Q. Muhammadiy
2. Vazndor, bo‘liq, to‘liq, bo‘lali.
Salmoqdor ko‘saklar.◆Salmoqdor boshoqlar shamolda mayin tebranadi.
Gazetadan
3. Arzirli; katta; samarali.
Salmoqdor hissa qo‘shmoq.◆[Azimjonning] Tug‘ilgan yurtidagi katta Qorako‘l doirasi-da salmoqdorgina ota meros ulushi bor ekan.
A. Muxtor, Chinor
4. Mavqeyi, tutgan o‘rni va xizmatiga kura boshqalardan ajralib turadigan, boshqalarga qaraganda sermahsul. Salmoqdor olim.
Bir-biridan afzal va salmoqdor bo‘lgan yillarimiz ichida bu yil alohida o‘rin oldi.
H. Nazir, Yangi sahifa
5. Og‘ir, vazmin; ta’sirchan; dona-dona.
— Bog‘chang-ku yaxshi-ya, — dedi salmoqdor ovoz bilan haligi chol, — lekin har holda ota bilan onaning mehri boshqa.
I. Rahim, Chin muhabbat