Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {salmoq}
So‘z bo‘g‘inlari: sal-moq
Izoh(lar)i:
salmoq [sal-moq ]

1. Og‘irlik, vazn, vazminlik, zalvor. Soni bor, salmog‘i yo‘q. Maqol

2. Jamiyatda, ko‘pchilik o‘rtasida erishilgan hurmat-e’tibor; mavqe, nufuz. Salmoqqa yarasha ish qilish kerak, Toki do‘st-oshnolar desinlar balli. G‘. G‘ulom

3. Nisbiy vazn, hajm, qiymat, ahamiyat, egallangan o‘rin; mazmun. Og‘ir sanoat mahsulotining salmog‘i tez o‘sib bormoqda.◆Adabiyotimizdagi hujjatga — hayotda bor faktlarga asoslanib yozilgan voqeiy asarlar katta salmoqqa ega. N. Safarov, Jasoratning davomi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: solmoq Biron narsa ichiga yo ustiga joylamoq, qo‘ymoq, tashlamoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.