Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {salla}
So‘z bo‘g‘inlari: sal-la
Izoh(lar)i:
salla ot

1. Uzunligi 1,5 metrdan 7 metrgacha bo‘ladigan, do‘ppi, kuloh, telpak ustidan o‘raladigan sidirg‘a mato, doka; musulmon erkaklarning bosh kiyimi. Salla o‘ramoq. Kalla boshqa, salla boshqa. Maqol
Egnidagi yo‘l-yo‘l beqasam to‘n, boshidagi oppoq misqoli salla uning yigitlik ko‘rkini yana ham ochar edi K. Yashin, Hamza
Qorovul chol ham boshidan sallasini olmoqchi edi, chuvalib, oyog‘i ostiga tushdi. N. Aminov, Qahqaha

2. shv. Ma’raka-marosimlarda tuxumga qorilgan xamirdan salla shaklida o‘rab, yog‘da pishiriladigan milliy pishiriq; o‘rama.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: amoma [a]

1. salla I Ot
eski. Musulmonlarda boshga o‘rab yuriladigan oq yoki sarg‘ish tusli uzun yupqa (dokaga o‘xshash) mato

2. salla II Ot
o‘rama. (tuxumga qorib tayyorlangan yupqa xamirni uzun-uzun kesib, o‘rab turib yoqqa qovurib pishiriladigan ovqat)

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Balli – barakalla – ofarin – yashavor – tasanno – sallamno
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

2. Masnaviy – musallas – murabba – muxammas – musaddas – musabba – musamman – mutasse – muashshar
Ma’nosiga ko‘ra
(bandlar miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: salla
Izoh: 1) Namozxon erkaklar boshga o‘raydigan, uzun, oq mato;

salla