Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sahna} - lashtir - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sah-na-lash-tir-moq
Izoh(lar)i:
sahna [sah-na ]

1. Tomosha ko‘rsatiladigan joyda, teatr, kinoteatr, konsert zali va shu kabi tomoshaxonalarda spektakl, kino qo‘yiladigan baland joy. Teatr sahnasi. Sahna darpardasi.◆Qorong‘ilik sekin yorishib, sahnada harir kiyimlarga o‘ralgan raqqosa Malak xonim paydo bo‘ldi. Mirmuhsin, Yo‘qolgan javohir

2. Umuman, teatr xizmati, teatrdagi faoliyat. Umrini sahnaga bag‘ishlamoq.◆Uning yoshi ellikdan oshib, dam olish payti yaqinlashsa ham, shu bolalarni boqish, tarbiyalash uchun, ularning kelajagi uchun yana sahnaga qaytdi. Gazetadan

3. Badiiy asardagi ayrim qism-voqea, epizod. Uchrashuv sahnasi.◆— Xo‘sh, to‘y sahnasini yana bir marta takrorlaymiz, — dedi ko‘zoynakli rejissyor. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.