1. Tomosha ko‘rsatiladigan joyda, teatr, kinoteatr, konsert zali va shu kabi tomoshaxonalarda spektakl, kino qo‘yiladigan baland joy.
Teatr sahnasi. Sahna darpardasi.◆Qorong‘ilik sekin yorishib, sahnada harir kiyimlarga o‘ralgan raqqosa Malak xonim paydo bo‘ldi.
Mirmuhsin, Yo‘qolgan javohir
2. Umuman, teatr xizmati, teatrdagi faoliyat.
Umrini sahnaga bag‘ishlamoq.◆Uning yoshi ellikdan oshib, dam olish payti yaqinlashsa ham, shu bolalarni boqish, tarbiyalash uchun, ularning kelajagi uchun yana sahnaga qaytdi.
Gazetadan
3. Badiiy asardagi ayrim qism-voqea, epizod.
Uchrashuv sahnasi.◆— Xo‘sh, to‘y sahnasini yana bir marta takrorlaymiz, — dedi ko‘zoynakli rejissyor.
Gazetadan