1. Kitob, daftar va shu kabilar varag‘ining har bir tomoni; bet.
Daftarning sahifasi.◆Hammasi bo‘lib besh sahifali hikoyachaga yuz ellik sahifa qog‘oz qoralangan
Gazetadan
2. Varaq betidagi matn.
Narzi cho‘ntagidan gazeta olib, uni chiroqqa tutib, sahifalariga ko‘z yugurtirdi.
N. Safarov, Olovli izlar
3. Gazeta, jurnal va shu kabilarning ma’lum masalaga bag‘ishlangan yoki biror umumiy mavzu bilan bog‘langan bir beti.
Gazetaning adabiyot sahifasi. She’r sahifasi.◆Ahmedov sahifadagi materiallarni ko‘zdan kechirgach, umumiy sarlavhani tovush chiqarib o‘qid
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
4. Davomli butun bir hodisa, hayot va shu kabilarning ayrim davri.
Shoir hayotining shonli sahifalari. Tarix sahifalari.◆Toshkent festivali uch qit’a kinematografchilari ijodida yorqin sahifalar ochayotir.
Gazetadan