Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sachra} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sach-ra-moq
Izoh(lar)i:
sachra fl

1. 1. Parchalanib otilmoq; sochilmoq. Balchiqqa kesak otma, yuzingga sachraydi. Maqol. Mashina o‘tganda, loy, suv sachrayverib, devorlar shaltoq bo‘lib ketgan. E. Usmonov, Yolqin
Otlarning taqasi tosh yo‘lga urilganidan, goho uchqunlar sachrardi. Sharq yulduzi
Oy chiqdi. Serbulut osmon xuddi siyoh sachragan zangori ko‘ylakka o‘xshardi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Irg‘imoq, sakramoq. To‘g‘onbek toqati toq bo‘lib, sachrab o‘rnidan turdi. Oybek, Navoiy

3. 3. Boshi yoki gavdasini keskin harakatlantirmoq. Otabek sachrab, Kumushga yuz o‘girdi: — Bu o‘rtaga Zaynabni keltirib nimaga tiqasiz endi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Gavhar, elektr toki tegganday sachrab, uning quchog‘idan chiqdi. P. Qodirov, Uch ildiz

4. ko‘chma hma Qattiq-qattiq gapirmoq, to‘satdan o‘shqirib, g‘azab bilan tanbeh bermoq. Uning [onasining] sachraydigan, bolalariga baqiradigan odati yo‘q edi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.