Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ruh} - lan ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ruh-lan-moq
Izoh(lar)i:
ruh ot

1. din. in. Kishi hayotligida u bilan birga, vafotidan keyin esa tanadan chiqib, abadiy qoladigan ko‘zga ko‘rinmas narsa, kuch; arvoh. Ruh tanadan chiqqach, tana o‘ladi. Fan va turmush
Hozir uning ruhi, Sidqiyning arvohi Madina orqasidan ergashib ketayotganday ko‘rinardi. Mirmuhsin, Chodrali ayol
Xayolan uning ruhiga sig‘inadi, undan madad istaydi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Kishining ichki holatini, psixik kechinmalarini, his-tuyg‘ularini aks ettiruvchi kayfiyati. Ko‘tarinki ruh. Uning ruhi ko‘tarildi. Ertalabki sof havo uning ruhini yengillatib yubordi. H. Nazir, Yonar daryo
Umidning ularnikida mehmon bo‘lganini eshitgan Hafiza birdan ruhi ko‘tarilib, xursand bo‘lib ketdi. Mirmuhsin, Umid
Qutidor hali ham Otabekning ruhiga tushuna olmagan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
[Yo‘lchining] Ko‘ksi goh yupantiruvchi kechinmalar bilan, goh butun ruhiga singgan totli hasrat bilan to‘la edi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Kishining ichki dunyosini, ma’naviy qiyofasini, o‘y-fikrlarini, maslak va maqsadlarini aks ettiruvchi kayfiyati. Milliy ruh. Saida Zunnunovaning ijodi ham boshdan-oyoq mana shunday iftixor ruhi bilan sug‘orilgandir. Gazetadan
Bolalarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaydigan o‘yingohlar kerak. Saodat
[Hoji] Majlisning Niyoz qushbegi ruhida borganligini yaxshi sezdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Basila Nazarovna bu qizning ruhida bo‘ysunuvchanlik emas, isyonkorlik borligini ko‘rib, tutaqib ketdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. 4. Kibr-havo, dimog‘. Manmanlik ruhi. Kattalik ruhi.

5. 5. Kishining umumiy kayfiyati, kayf-ahvoli. Ruhi so‘lg‘inning ishi so‘lg‘in, Ruhi tetikning ishi tetik. Maqol
Shu kuni Gavhar lanj bo‘lib uyg‘ondi. Uning ruhi tushib ketgan, nimadan xafaligini o‘zi ham bilmas, lekin hech ishga qo‘li bormasdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Rustam qorong‘i tushib qolgan qishloq ko‘chasidan ruhi cho‘kkan ahvolda yurib borarkan, hadeb shu savolni takrorlardi: — Nega oladi? O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
O‘jar ruhim, jangari ruhim, Bir zumgina o‘yga tolsang-chi. A. Sher, Qadimgi kuy

6. 6. A’lo kayfiyat; bardamlik, tetiklik; huzur, zavq. Otabek sunbul isli sochlardan ruh olar, Kumush go‘yo uning bag‘riga singib ketgan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

7. ko‘chma hma Jonlilik, fayz. Navoiy uy ichiga kirishi bilan majlisga ruh kirdi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
O‘yin qizib borar edi, uyning daricha, eshiklari beklanib, tokchalarga sham yoqilgandan so‘ng, bazmning ruhi yana oshdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

8. 8. Ortiq zavq; pafos. [Sultonmurod] Do‘stining she’rlarida bo‘lgan nuqsonlarini yedirib ketish uchun ko‘proq zavq va ruh bilan o‘qishga tirishdi. Oybek, Navoiy

9. 9. Ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning borishidagi, yo‘nalishidagi xarakterli xususiyat. Zamon ruhi. — Inshoollo, shu yigit mirzaboshi bo‘lar! — dedi Safar bo‘zchi suhbatning ruhini bilmagan holda. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Yaxshi asar yaratish uchun avvalo zamon ruhini tushunmoq kerak. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
Izlanish va ijodkorlik ruhi laboratoriya muhitini belgilaydi. Gazetadan
Adabiyot hamisha navqiron kuchlardan quvvat oladi, ular hisobiga boyib, yangicha ruh va yo‘nalishlar kasb etadi. Yoshlik

10. 10. Maslak, ta’limot, hujjat va shu kabilarning asosiy mohiyati, ular negizidagi belgilovchi g‘oya. Qonunning ruhi. Konstitutsiyaning ruhi.

11. fls. fls. Ma’naviy-ruhiy, nomoddiy ibtidoni ifodalovchi falsafiy tushuncha; onglilik va ongsizlik birligini ifodalovchi falsafiy kategoriya.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: rux – [f] Shaxmat sipohi, to‘ra; yuz; kimyoviy element. Ruxni yurmoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.