Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ruhiy}
So‘z bo‘g‘inlari: ru-hiy
Izoh(lar)i:
ruhiy sf

1. Kishining ruhiga, ruhiy kayfiyatiga, ichki kechinmalariga oid, ular bilan bog‘liq bo‘lgan. Ruhiy holat. Ruhiy ko‘tarinkilik. Ruhiy ezilish. ▬ Muttasil ruhiy azob chekkan odam hamisha yangi zarbalarga chog‘lanib turadi. S. Ahmad, Ufq
Hafiza noumid uyga keldi. U so‘niq, kayfi past edi. Ba’zi qizlarga o‘xshab ichki ruhiy holatini yashira olmas — xafaligi darrov bilinib qolardi. Mirmuhsin, Umid

2. ayn. yn. Ma’naviy 1. Ruhiy oziq. ▬ Allalarda onaning ruhiy dunyosi, farzandga bo‘lgan muhabbati, orzu-o‘ylari aks etadi. Saodat
Unda atrofimizda bo‘layotgan ekologiya halokati emas, balki ruhiy olamning halokati aks ettirilgan. Mushtum
[Sunnatillo maxsum Shukrulloga:] Sen ularga ruhiy oziq berasan, men moddiy tomondan suyayman. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

Antonim(lar)i: jismoniy
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.