1. 1. Yog‘och yoki plastmassadan qilingan, bir uchiga pero yoki ichiga rang bilan to‘ldirilgan sterjen o‘rnatiladigan cho‘zinchoq tutqich — yozuv quroli.
Abdurazzoq ruchkani siyohga botirib, hafsala bilan, xuddi surat chizayotgandek qilib imzo chekdi.
S. Ahmad, Saylanma
Shirinxon stolga surilib, siyohdonga tirog‘lik turgan ruchkalardan birini oldi.
S. Zunnunova, Olov
Hozir yozuv-chizuvni sharikli ruchkasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Fan va turmush
2. s. t. t. Dasta.
Eshik ruchkasi. Deraza ruchkasi.