Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {royish}
So‘z bo‘g‘inlari: ro-yish
Izoh(lar)i:
royish ot

1. ot ot 1 Mayl, moyillik, ra’y. Kechgacha, Elmurodning royishiga qaramay, unga uch-to‘rt telefon qoqdi. Shuhrat, Shinelli yillar
Roziqjon ilgarigi avji yo‘q, menga uncha royishi bo‘lmay, qo‘l uchida ko‘rishdi. I. O‘ktamov, Hikoyalar

2. sft. ft. So‘zga kiradigan; mo‘min, mo‘mintoy. Royish bola. Bolaning uvoli tutsin o‘sha sariq Potmani. Bitta bolaning tirnog‘iga zor odamlar bor. Bu xotin shundoq royish bolani och tashlab qo‘yibdi. Eshikdan kirishidanoq payqovdim Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yuvosh
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.