Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rostakam}
So‘z bo‘g‘inlari: ros-ta-kam
Izoh(lar)i:
rostakam ys

1. sft. ft. Haqiqiy, chin. Bu o‘yinchoq rostakam samolyotga o‘xshaydi. — Qarang, xuddi rostakam durga o‘xshaydi, — degan edi uni olib kelganda Munisxon. O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri

2. rvsh. sh. Haqiqatan, chindan ham, jiddiy. Bolaning rostakam jahli chiqdi. Tursunoy avval ishonmaganday ko‘zlarini katta ochib qaradi-yu, keyin Yefim tog‘aning rostakam ichkari boshlayotganini ko‘rib ishondi. A. Muxtor, Opa-singillar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.