Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ro‘za}
So‘z bo‘g‘inlari: ro‘-za
Izoh(lar)i:
ro‘za ot

1. din. in. Musulmonlarning har yili butun ramazon oyi davomida dunyoviy ishlardan o‘zini tiyib, butun kun bo‘yi hech narsa yemay-ichmay yurish urf-odati; islomdagi beshta rukn (farz) dan biri. Ro‘za tutmoq. Ro‘zani ochmoq. O‘ttiz kun ro‘zaning bir kun bayrami bor. Maqol

2. s. t. t. Ramazon oyi. [Saxovatli boylarning] U ro‘zadan bu ro‘zaga beradigan sadaqasi daryodan tomchi emasmi? Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.