Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ro‘yirost}
So‘z bo‘g‘inlari: ro‘-yi-rost
Izoh(lar)i:
ro‘yirost ys

1. 1. Biror andishaga bormasdan, yuz-xotir qilmasdan; to‘ppa-to‘g‘ri, dangal, ochiq. Ro‘yirost gapirmoq. Kecha siz., rosa soat II da qayerda edingiz? Ko‘chadamidingiz yo ishxonadami? Shu savolga kollektiv oldida ro‘yirost javob bering. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
Bular [piyoda askarlar] hammasi ham miltiq va avtomatlarni tay-yor tutgan holda, ro‘yirost bostirib kelmoqda A. Qahhor, Oltin yulduz

2. 2. Tikka; bor bo‘yicha. Yigitlardan biri ko‘zlarini chaqchaytirib, og‘zini katta ochib, yo‘g‘on tovush bilan atrofga bong urdi: — Yuraver! Yigitlar, yuraver! Maydonga ro‘yirost chiqib, haqqimizni dov qilamiz. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Chinakamiga, astoydil. Uning [Sidiqjonning] kulishi O‘rmonjonning ro‘yirost g‘ashini keltirdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.