1. 1. Ozuqa, ovqat moddasiga boy bo‘lgan; to‘yimli.
Rizqli moddalar.
▬
Havodagi azotdan rizqli moddalar tayyorlaydigan bakteriyalar no‘xat, loviya, beda va boshqa o‘simliklarning ildizida ko‘p bo‘ladi.
Gazetadan
2. 2. Nasibali, rizqqa ega, rizqqa boy.
— Bolalaringiz hamma vaqt rizqli bo‘lish-sin. Illo, o‘zinglar ham katta savob ish qilgansizlar, u dunyo-yu bu dunyo kam bo‘lmay-sizlar, — dedi chol Mehrinisaga.
R. Fayziy, Hazrati inson
— Rost aytasiz, rizqli mol-da, qo‘ldan berganingizga qanoat qilmaydi, endi ko‘klam chiqib kelayotir, bundan bu yoqqa ozgani ozgan, — dedi kanizlar.
Alpomish