Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rizq}
So‘z bo‘g‘inlari: rizq
Izoh(lar)i:
rizq ot

1. 1. Hayot uchun zarur oziq, ozuqa, qut, nasiba, ovqat. Qunt bilan o‘rgan hunar, Hunardan rizqing unar. Maqol
Meh-mon kelar eshikdan, Rizqi kelar teshikdan. Maqol
Har bir odam dunyoga kelar ekan, o‘z rizqi bilan tug‘iladi, degan gap bor. Yoshlik
Rizqi ona yerga sepilgan xalqim, Ushoq chigitni ham etmay deb uvol, Million egatlarga egilgan xalqim. A. Oripov

2. ko‘chma hma Biror ish, harakat va shu kabilar uchun asos bo‘lgan narsa; ozuqa, oziq. Qudrat yalmog‘iz qashshoqlikning zaharli tomirlari o‘z [uning] rizqini qayerdan va qanday olishini yaxshi bilib oldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Otlar dashtlarda qo‘ylarga qaraganda ko‘proq chidamli bo‘ladi, o‘z rizqini bemalol topib yeydi. Gazetadan
Don — insonning, somon — chorva mollarining rizqi. Gazetadan
Bu o‘rik mehnatsevar dehqonning mehri va muhabbatidan rizq olib o‘sardi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

3. din. in. Qur’oni karim, Islom diniga ko‘ra, xudo har bir kishi, jonivor uchun atagan, o‘lchab, belgilab qo‘ygan nasiba, ulush. Karvon ko‘p, rizqi bo‘lak. Maqol
Olloh yo‘lida hijrat qilgan, so‘ngra qatl qilingan yoki vafot topgan zotlarni, albatta, Olloh go‘zal rizq bilan ruhlantirar. Gazetadan
Sen bilan mening tan-jonimiz sog‘ bo‘lsa, bu jo‘jalarning rizqini xudo beradi K. Yashin, Hamza
[Zebi:] Yigit moli yerda, har kimni xudoyi taolo o‘z rizqi bilan yaratadi, o‘g‘lim. U. Ismoilov, Saylanma
Ey parvardigori olam, o‘g‘lim Hamzaxonning umrini uzun, iqbolini baland, rizqini mo‘l qilgaysan. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.