Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rivoyat}
So‘z bo‘g‘inlari: ri-vo-yat
Izoh(lar)i:
rivoyat ot

1. 1. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, voqea va hodisalarni, inson faoliyatini ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan real tasvirlovchi og‘zaki hikoya; naql, afsona. Mavlono Lutfiy kabi keksa shoir hali go‘dak Navoiyning o‘zbek tilidagi bir bayti uchun o‘zining jamiki g‘azallaridan voz kechishga tayyor ekanini bildirgan ekan. Bu rivoyatga ne deysiz? Oybek, Navoiy
Ba’zi rivoyatlarga qaraganda farishtalar, jannatdagi Kavsar suvidan qumg‘onlarimizga quyib ketar emish! M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Dengiz, ko‘hna rivoyatlardan Bittasini so‘ylab ber menga. E. Vohidov, Nido

2. 2. Umuman, og‘izdagi gap, hikoya. Rivoyat qilishlaricha, Dehlida shoh Akbar hukmronlik qilgan zamonda bir savdogar yashar ekan. Gazetadan
Rivoyatlarga qaraganda, ba’zi bir issiq mamlakatlarning odamlari haroratdan darmonlari qurib kun kechirganlar. Gazetadan

3. ko‘chma din. in. Biror masala yuzasidan shariat qonunlari asosida chiqarilgan hukm, xulosa. [G‘ofir qoziga:] Bu qanday zulm sevgan xotinimni zolim boy tortib olmoqchi bo‘lsa-yu, menga yordam berish o‘rniga boyning yonini olasiz! Rivoyatlar topasiz! Fatvolar yasaysiz! Hamza, Boy ila xizmatchi
Ulamolar Yodgor va unga ergashib kelgan xotinni tosh-bo‘ron qilish to‘g‘risida rivoyat yozib, eshon Sultonga berdilar. S. Ayniy, Dohunda

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.