Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {reyting}
So‘z bo‘g‘inlari: rey-ting
Izoh(lar)i:
reyting ot

1. 1. O‘quvchilar va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash usuli va tizimi. Qolaversa, har bir fandan to‘plangan ballarga asoslanib, o‘quvchilarning o‘qishdagi yutuqlarini taqqoslash va reyting natijalariga qarab, ularni farqlash imkoniyati yaratiladi. Gazetadan
Maorifimizdagi islohotlar haqida so‘z ketar ekan, maktablarimizda tobora keng qo‘llanayotgan o‘quvchilar bilimini aniqlashda reyting tizimidan foydalanish usuli xususida alohida to‘xtalib o‘tish darkor. Gazetadan
Oliy ta’lim tizimida bakalavrlik va magistrlik bosqichlaridagi ta’lim tobora takomillashmoqda, talabalar bilimini baholashning reyting usuli keng joriy etilmoqda. Gazetadan

2. sprt. rt. Sportning ba’zi turlarida (masalan, shaxmatda) erishilgan yutuqlarning samaradorligi va nufuzini baholashda raqamlar bilan ifodalanadigan shaxsiy ko‘rsatkich. Sportchilarning reyting ko‘rsatkichi. Bokschilarning reyting janglari. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy terma jamoalar uchun avgust oyi reyting jadvalini e’lon qildi. Gazetadan

3. 3. Siyosat, madaniyat va boshqalar sohalardagi taniqli arboblarning jamoatchilik fikrini o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi. Ba’zi tuman gazetalarining reytingi bugun, ochig‘ini aytsak, ko‘ngildagidek emas. Saodat
Mashg‘ulot olib boradigan o‘qituvchilarning ilmiy darajasi, reytingi, ish stajiga qarab, qo‘shimcha haq to‘lash joriy etildi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.