1. 1. Davlat yoki jamoat tashkilotlari, matbuot organlari topshirig‘iga muvofiq muayyan obyektlarni, korxona va shu kabilar faoliyatini to‘satdan tekshirish.
Soliqchilar bilan soliqqa oid jinoyatchilarga qarshi kurashish departamentining xodimlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik reyd va tekshirishlar samarasini ta’minlamoqda.
Gazetadan
Ishonch telefoniga tushayotgan tezkor ma’lumotlar asosida o‘tkazilayotgan reydlar davomida bir qancha qonunbuzarlik holatlari barham topmoqda.
Gazetadan
2. harb. rb. Dushmanning bazalariga, shtab va boshqalar obyektlariga qarshi jangovar ish olib borish maqsadida harakatdagi harbiy yoki partizan otryadlarining dushmanning orqa tomoniga o‘tishi.
3. Dengiz portiga kiraverishda, sohil yaqinida kemalarning langar tashlab turishi va yuk tushirish uchun qulay joy.