1. Ish, faoliyatning biror sohasida, sport musobaqalarida erishilgan eng katta muvaffaqiyat, eng yaxshi natija, eng yuqori ko‘rsatkich.
Jahon rekordi. Yangi sport rekordi qo‘ymoq.
▬
Jon-jahdim bilan ishlab, rekord ustiga rekord qo‘ymaganimda, bu hurmatlar qayoqda edi.
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Ular hosil yig‘im-terimini maksimal darajada mexanizatsiyalash va tayyorlash suratlarini tezlashtirishda rekord ko‘rsatkichga erishmoqdalar.
Gazetadan
Raufni rekord bilan yana bir bor tabriklashdi.
O‘zbekiston qo‘riqlari