1. iqt. qt. Muayyan tovar yoki ko‘rsatiladigan xizmat turlari haqida xaridorlarni xabardor qilish, ularga nisbatan talab, ehtiyojni yuzaga keltirish yoki kuchaytirish maqsadida ana shu tovar va xizmatlar to‘g‘risida berilgan ma’lumot.
Savdo reklamasi.
▬
Marketing konsepsiyasida mahsulotni sotish tadbirlari majmuasida markaziy o‘rinni reklama egallaydi.
Iqtisodiy nazariya
Oila va jamiyat boshqa gazetalarga o‘xshab reklama qilinmasa ham, xaridorgir, savdosi chaqqon.
Gazetadan
Reklama o‘z nomi bilan mahsulotni ovoza qilish demakdir.
Gazetadan
2. 2. Biron shaxs, tashkilot, narsani ommalashtirish maqsadida ular haqida ma’lumotlar tarqatish.
Siyosiy reklama. Gazetaning reklama va e’lonlar bo‘limi.
▬
Tribunalarda shu gap, televizor ekranlari, reklamalarda shu mavzu.
E. Oxunova, Ikki okean osha
Siz biz bilan hamkorlikda reklama unumdorligiga erishishingizga shubha yo‘q.
Gazetadan
3. 3. Shu maqsadda chiqarilgan e’lon, plakat.
Reklama osmoq.