Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {reja} - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: re-ja-la-moq
Izoh(lar)i:
reja ot

1. 1. Devorzanlik va shunga aloqador kasblarda: devor va shu kabilarning tekis, to‘g‘ri chiqishi uchun ustalar tarang qilib tortib qo‘yadigan ip, sim va shu kabilar Reja olmoq. Reja solmoq. — Bekturdi aka, — derdi u [Qozoqboy] g‘isht terayotgan ustaga qarab, — g‘ishtni yaxshi terayotgan bo‘lsangiz ham, reja ipini tortib olmaganingiz yomon. M. Qo‘shoqov, Usta yigit

2. 2. Biror ishni tartibi bilan va o‘z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo‘ljal. Ertangi ishga bugun reja tuz. Maqol
Bo‘ron rejalarimizni buzolmaydi, taqdirimiz ham bo‘ronning qo‘lida emas. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Adolat qizlarga o‘z rejasini tushuntirdi. I. Rahim, Chin muhabbat
[Brigada a’zolarining] Har yili paxta tayyorlash shartnomaviy rejasini mamlakat bo‘yicha birinchi bo‘lib uddalashlariga o‘rganib qoldik. Gazetadan

3. 3. Belgili tartib, qoida, o‘lchov. Ish rejaga tushdi. Bu oilada yeyish-ichish belgili tartib ham rejaga tobe esa-da, har kun shirin-shirin ovqatlar tayyorlanadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Albatta, kampir kelinlarini ro‘zg‘ordan siqmasdi. Ammo rejani buzmay, masalliqni isrof qilmay ish tutardi. S. Ahmad, Saylanma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.