Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {razvedka}
So‘z bo‘g‘inlari: raz-ved-ka
Izoh(lar)i:
razvedka ot

1. geol. ol. Yer osti boyliklarini qidirish. Bitta yangi gaz-kondensat koni razvedka qilinadi va ochiladi. Gazetadan
Hatto oltin uchun qidiruv va razvedka ishlarini ham shu nuqtayi nazar asosida olib borib, davlatning yuz minglab so‘m mablag‘ini ko‘kka sovuryaptilar. S. Karomatov, Oltin qum

2. harb. rb. Dushman va uning qo‘shinlari, ularning kuchi, joylashishi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash uchun ayrim harbiy guruhlar, bo‘linmalar yoki jangchilar tomonidan olib boriladigan tezkor ish, harbiy harakat. Razvedka qilmoq. Razvedkaga chiqmoq. Razvedkaga yuborib, dushmanning kuchi, texnikasini aniqlash zarur bo‘lib qoldi. T. Rustamov, Mangu jasorat
Har bir ko‘ngilli otryad razvedka ishlari olib borar, dushman kuchlarini aniqlardi. N. Safarov, Olovli izlar

3. 3. Shunday ish olib boruvchi harbiy qism, bo‘linma.

4. 4. O‘zga mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy holatini hamda harbiy imkoniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.