1. 1. Porlash, yaltiroqlik; husn, ko‘rk.
Endi kechalar to‘planib, jumboq yechishlar tugagan, madrasadan ravnaq ketgan edi.
S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
2. 2. Taraqqiyot, rivoj, barq urish, gullab-yashnash.
Milliy madaniyat ravnaqi. Ravnaq topmoq.
▬
Davlat fan ravnaqi uchun hech narsani ayamay, mablag‘ ajratsa-yu, uni kimlardir talon-toroj qilsa.
S. Karomatov, Oltin qum
Ayni paytda u milliy ravnaq uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
X. Sultonov, Vatan tuyg‘usi
Zero, yurt taraqqiyoti, ravnaqi har birimizning fidoyiligimizga bog‘liq.
Gazetadan