Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rasmiyatchilik}
So‘z bo‘g‘inlari: ras-mi-yat-chi-lik
Izoh(lar)i:
rasmiyatchilik ot

1. Quruq rasmiyatga yoki takallufga berilib ketishlik; yuzakilik, to‘rachilik. Rasmiyatchilikka chek qo‘ymoq. Bu laqab har qanday rasmiyatchilikni uloqtirib tashlab, uni [Ahmadni] yana o‘sha beg‘am studentlik davriga chorladi. F. Musajonov, Himmat
Bu rasmiyatchilikni bajarish farzand uchun og‘ir, sharafli Ham qarz, ham farz Zero, hayot zanjiri tamomila uzilmaganligini anglatuvchi bir udum Yoshlik
Hamon tarmoqda rasmiyatchilik va to‘rachilik, xo‘ja ko‘rsinga ishlash va ko‘zbo‘yamachilik hollari ko‘p. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.